WordPress plagini · versiya 1.3.0

Oʻquv markazingiz uchun tayyor LMS

Kurs soting, oʻqiting, sertifikat bering — bitta plaginda. Barcha maʼlumot oʻz saytingizda qoladi, tashqi platformaga foiz toʻlamaysiz.

1 sayt
bitta kalit
muddatsiz
obuna yoʻq
0 soʻm
yangilanish
lmstizim.uz/dars/loy-turlari
Dars ekrani: chapda kurs tarkibi, oʻrtada video va dars matni, oʻngda ish paneli
Oʻzlashtirish78%
Sertifikat berildi
BLM-2026-KU-000001
6
xil test savol turi — koʻp variantli, shkala, jumboq, nuqta qoʻyish, chizish, grafik
2
toʻlov tizimi qutidan chiqadi: Payme va Click
404
avtomatik tekshiruv har bir versiyadan oldin ishga tushadi
Ishlab chiqarishda: online.proskill.uz
Learning Hub: video, yon roʻyxat va vaqtga bogʻlangan eslatmalar paneli
Talaba tajribasi

Oʻqishga qulay bitta ekran

Dars yonida eslatma
Video toʻxtamaydi — eslatma oʻng panelda yoziladi va vaqtga bogʻlanadi.
Savol-javob
Har dars ostida savol berish; oʻqituvchi javobi kabinetda koʻrinadi.
Materiallar
PDF, taqdimot va havolalar dars kartasiga biriktiriladi.
Jonli darslar jadvali
Zoom yoki Meet havolasi vaqti bilan kabinetda koʻrinadi.
Sertifikat
Kurs tugagach avtomatik beriladi — ochiq tekshiriladigan raqam bilan.
Ishlab turgan saytni koʻrish
Oʻqituvchi tajribasi

Kursni yaratish va boshqarish

Kurs quruvchi
Boʻlim va darslarni surib joylashtirish; skript oʻchirilgan brauzerda ham ishlaydi.
6 xil savol turi
Test banki, vaqt chegarasi va urinishlar soni sozlanadi.
Topshiriq baholash
Fayl qabul qilish, ball qoʻyish, izoh va qayta topshirish.
Talabalar va oʻzlashtirish
Har talabaning progress jadvali va oxirgi faolligi.
Daromad hisoboti
Kurs boʻyicha sotuv, qaytarishlar va oylik yigʻindi.
Kurs tuzilmasi ekrani: mavzular, darslar, koʻchirish tugmalari
0
kod satri — hammasi interfeysdan
3
ta rol: admin, oʻqituvchi, talaba
JS
siz ham ishlaydi — koʻchirish tugmalari bilan
Video pleyer

YouTube videosi — sizning pleyeringizda

YouTube tavsiyalari va yon videolar chiqmaydi
Logotipingiz video ustida turadi
Video tugagach talaba darsda qoladi — keyingi dars oʻzi ochiladi
Video pleyer: oʻz boshqaruvlari va sayt nomi video ustida
Integratsiyalar

Kerakli xizmatlar bilan ishlaydi

Sozlash kalit va havola kiritishdan iborat — kod yozilmaydi.
PAY

Payme

Kurs toʻlovi toʻgʻridan-toʻgʻri hisobingizga tushadi.
CLK

Click

Toʻlov tasdiqlansa talaba kursga avtomatik qoʻshiladi.
ZM

Zoom

Havolani oʻqituvchi qoʻyadi — jadvalda chiqadi va eslatma xati ketadi.
GM

Google Meet

Xuddi shunday: havola jadvalda, eʼlon va eslatma talaba emailiga.
YT

YouTube

Yopiq video oʻz pleyeringizda koʻrsatiladi.
WP

WordPress

Standart shablon tizimi — oʻz temangizda ishlaydi.
Narx

Bitta tarif — hammasi ichida

Taqqoslash uchun ikkinchi ustun yoʻq: funksiyalar toʻliq.

Bir marta toʻlanadi
990 000soʻm
Bitta litsenziya kaliti
Bitta sayt uchun litsenziya
Muddatsiz — obuna yoʻq
Yangilanishlar bepul
Boshqa domenga koʻchirish mumkin
Kalit boʻlmasa ham LMS ishlaydi
Sotib olish
Yozing — kalitni Telegram orqali beramiz
Ikkinchi sayt uchun
Ikkinchi sayt uchun ikkinchi kalit. Sinov va staging domenlar hisoblanmaydi.
Savol-javob

Koʻp beriladigan savollar

Kalit qanday ishlaydi?

Toʻlovdan keyin sizga bitta litsenziya kaliti beriladi. Uni plagin sozlamalariga kiritasiz — kalit domeningizga bogʻlanadi va yangilanishlarni ochadi.

Saytni koʻchirsam?

Eski saytda «domenni boʻshatish» tugmasini bosasiz, keyin xuddi shu kalitni yangi domenda kiritasiz. Sinov va staging domenlari (localhost, staging.*, dev.*) aktivatsiyani sarflamaydi.

Yangilanish qancha vaqt?

Doimiy. Bitta toʻlov barcha keyingi versiyalarni qamrab oladi, yillik toʻlov yoʻq. Yangilanish wp-admin ichida oʻzi koʻrinadi.

Kalit boʻlmasa sayt oʻchadimi?

Yoʻq. Kurslar, testlar va sertifikatlar ishlayveradi. Toʻxtaydigan narsa — avtomatik yangilanish va yordam. Litsenziya serveri oʻchsa ham saytingiz hech narsa sezmaydi.

Oʻz temam bilan ishlaydimi?

Ha. Plagin tema bermagan ekranlarni oʻzi chizadi — Astra, Hello Elementor va blok temalar bilan sinalgan. «LMS mavzu» esa toʻliq dizayn bilan keladi.

Qaysi toʻlov tizimlari?

Payme va Click qutidan chiqadi. Naqd yoki bank oʻtkazmasi boʻlsa, talabani qoʻlda kursga yozish ham bor.

Bugun oʻrnating, ertaga birinchi kursingizni soting

Oʻrnatish 10 daqiqa: plaginni yuklang, kalitni kiriting, kursni yarating.

Bogʻlanish
@xudoyor_uz